Slutskij boshqaruvidagi Shanxay Shenxua Osiyoda yana yutqazdi

Slutskij boshqaruvidagi Shanxay Shenxua Osiyoda yana yutqazdi

Leonid Slutskij murabbiyligidagi «Shanxay Shenxua» Osiyo Chempionlar ligasining umumiy bosqichi 6-turida ham ochkosiz qoldi. Xitoy klubi safarda «Sanfrecce Hirosima»ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuvdagi yagona gol 78-daqiqada kiritildi — mezbonlar safida himoyachi Hayato Araki aniq zarba yo‘lladi. Shu tariqa «Shanxay Shenxua» mazkur turnirdagi ketma-ket uchinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.

Olti turdan so‘ng Slutskij jamoasi 4 ochko bilan turnir jadvalida 11-o‘rinda bormoqda. «Hirosima» esa 11 ochko jamg‘argan holda 3-pog‘onadan joy oldi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.