Boka Xuniors klubi sport direktori sifatida Delgado tanladi

Boka Xuniors klubi sport direktori sifatida Delgado tanladi

Argentinaning «Boka Xuniors» klubi yangi sport direktori kim bo‘lishini rasman e’lon qildi — bu lavozimga Marselo Delgado tayinlandi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqindan hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jamoa tarkibini tez fursatda kuchaytirish zarurati bor, shu sabab Delgado va Rikelme oldida yaqin transferlar bo‘yicha muhim vazifalar turibdi.

Delgado futbolchilik faoliyatida ham katta tajriba to‘plagan: u 1995–2002 yillarda Argentina terma jamoasida 18 o‘yin o‘tkazgan va 1998 yilgi jahon chempionatida ham ishtirok etgan.

Shuningdek, u 2003 yilda Libertadores kubogining eng sermahsul to‘purari bo‘lgan — Marselo bu natijani «Santos» hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga qayd etgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.