Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenxua Osiyoda yana yutqazdi

Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenxua Osiyoda yana yutqazdi

Leonid Slutskiy boshqaruvidagi «Shanxay Shenxua» Osiyo Chempionlar ligasining umumiy bosqichi 6-turida navbatdagi mag'lubiyatni qabul qildi. Xitoy klubi safarda «Sanfrecce Xirosima»ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuv taqdirini 78-daqiqada mezbonlar himoyachisi Hayato Araki urgan gol hal qildi. Shu tariqa «Shanxay Shenxua» mazkur turnirdagi ketma-ket uchinchi mag'lubiyatini qayd etdi.

6 turdan keyin Slutskiy jamoasi 4 ochko bilan turnir jadvalida 11-o'rinda bormoqda. «Xirosima» esa 11 ochko to'plab, uchinchi pog'onadan joy oldi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.