Boka Xuniors Marcello Delgado bilan sport direktorni tayinladi

Boka Xuniors Marcello Delgado bilan sport direktorni tayinladi

Argentina klubi «Boka Xuniors» sport direktori lavozimiga Marselo Delgadoni tayinlaganini ma'lum qildi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jamoa tarkibini tezkor kuchaytirish zarurati bor va endi Delgado hamda Rikelme dueti transferlar bozorida muhim qarorlar ustida ishlashga kirishadi.

Delgado futbolchilik faoliyatida ham yuqori darajada to'p surgan: u 1995–2002 yillarda Argentina terma jamoasi safida 18 uchrashuvda maydonga tushgan, jumladan 1998 yilgi Jahon chempionatida ham ishtirok etgan.

Shuningdek, 2003 yilda u Libertadores Kubogida eng sermahsul futbolchi bo'lib, bu natijani «Santos» hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan bo'lishib olgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.