Boka Xuniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Boka Xuniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Argentina grandi «Boka Xuniors» yangi sport direktori kim bo‘lishini rasman e’lon qildi: bu lavozimni Marselo Delgado egalladi. U klub prezidenti, «Barselona»ning sobiq futbolchisi Xuan Rikelme bilan yaqindan hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jamoa tarkibini tezkor kuchaytirish zarurati bor, shu sabab Delgado va Rikelme tandemi transfer hamda seleksiya masalalarida faol ish olib borishi kutilmoqda.

Delgado futbolchilik faoliyatida ham katta tajribaga ega: u Argentina terma jamoasida 1995–2002 yillarda 18 o‘yin o‘tkazgan va 1998 yilgi Jahon chempionatida ham ishtirok etgan.

Shuningdek, u 2003 yilda Libertadores kubogida eng yaxshi to‘purar bo‘lgan — «Santos» hujumchisi braziliyalik Rikardo Oliveyra bilan birga.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.