Chempionlar Ligasi finali uchun yangi to'p taqdim etildi

Chempionlar Ligasi finali uchun yangi to'p taqdim etildi

Chempionlar Ligasida umumiy bosqich yakuniga yetdi. Endi navbat pley-offga: 16 jamoa styk o'yinlari raundida maydonga tushib, 1/8 finalga yo'llanma beradigan sakkizta chipta uchun kurashadi. Umumiy bosqichning eng kuchli sakkiz jamoasi esa 1/8 final yo'llanmasini allaqachon qo'lga kiritgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shu orada UEFA Chempionlar Ligasi finali uchun mo'ljallangan rasmiy to'pni namoyish qildi. U to'q ranglar uyg'unligida bo'lib, unda oq yulduzlar aks etgan. To'p Adidas kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan.

2025/2026 yilgi mavsum Chempionlar Ligasi finali Budapesht shahrida bo'lib o'tadi. “Quloqli” sovrin uchun hal qiluvchi uchrashuv 30 may, shanba kuni Toshkent vaqti bilan o'ynaladi.

Hozirgi amaldagi chempion — “PSJ”. O'tgan finalda parijliklar “Inter”ni yirik hisobda mag'lub etib, 5:0 natija qayd etgandi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.