Boka Huniors yangi sport direktorini e’lon qildi

Boka Huniors yangi sport direktorini e’lon qildi

Argentina grandi «Boka Huniors» klubida sport direktori lavozimiga Marselo Delgado tayinlandi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jamoa tarkibini tezkor kuchaytirish zarurati bor va endi rahbariyat ushbu yo‘nalishda faol ish olib borishni rejalashtirmoqda.

Delgado futbolchi sifatida ham katta tajribaga ega: u 1995–2002 yillar oralig‘ida Argentina terma jamoasi safida 18 uchrashuvda maydonga tushgan, jumladan, 1998 yilgi jahon chempionatida ham ishtirok etgan.

Shuningdek, u 2003 yilda Libertadores kubogida «Santos» hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga turnirning eng sermahsul to‘purari bo‘lgandi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.