Barselona tayanch yarim himoyachisi Saudiya Arabistoniga ko'chishni o'ylamoqda

"Barselona"ning tayanch yarim himoyachisi Mark Kasado Saudiya Arabistonida faoliyatini davom ettirishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Diario AS xabariga ko'ra, 22 yoshli futbolchi moliyaviy jihatdan foydaliroq shartlar uchun Saudiya klublaridan biriga o'tishga qarshi emas. Uning rejasiga ko'ra, u bir muddat Saudiya Arabistonida to'p surib, keyinroq Yevropaga qaytishni ko'zlamoqda.
Kasado "Barselona" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda yarim himoyachi barcha musobaqalarda 24 o'yinda maydonga tushib, bitta golli uzatma muallifi bo'ldi. Transfermarkt portali Kasadoning narxini 25 million yevroga baholamoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













