Barselona yarim himoyachisi Saudiya Arabistoniga ketishni istamoqda

Barselona yarim himoyachisi Saudiya Arabistoniga ketishni istamoqda

“Barselona”ning tayanch yarim himoyachisi Mark Kasado faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Diario AS xabariga ko‘ra, 22 yoshli futbolchi moliyaviy jihatdan yutish uchun Saudiya klublaridan biriga o‘tishga qarshi emas. Kasado rejasi — bir muddat Saudiya Arabistonida to‘p surib, keyinroq Yevropaga qaytish.

Mark Kasado “Barselona” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning katalon klubi bilan shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha amal qiladi. Joriy mavsumda u “ko‘k-anorranglilar” safida barcha musobaqalarda 24 o‘yinda maydonga tushib, bitta golli uzatma berdi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 25 million yevroga baholamoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.