Borussiya Dortmund Mayntsni yirik hisobda mag'lub etdi

Borussiya Dortmund Mayntsni yirik hisobda mag'lub etdi

Germaniya Bundesligasining 22-turi “Signal Iduna Park”da bo'lib o'tgan “Borussiya” Dortmund – “Maynts” uchrashuvi bilan boshlandi. Mezbonlar ilk daqiqalardanoq bosimni kuchaytirib, o'yin taqdirini tezda hal qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

10-daqiqada Yulian Ryersonning uzatmasidan so'ng Seru Girassi bosh bilan hisobni ochdi. Oradan besh daqiqa o'tib, Ryersonning navbatdagi aniq krossi Maximilian Bayerga gol urish imkonini berdi — 2:0. Birinchi bo'lim yakuniga yaqin Girassi yana Ryersonning pasidan foydalandi va dubl qayd etib, tanaffusga 3:0 hisobida olib chiqdi.

Ikkinchi bo'limda “Maynts” darvozaboni bir necha bor jamoasini qutqarib qoldi: Feliks Nmechaning xavfli zarbasi qaytarildi, burchakdan keyin Sheraldo Beker yo'llagan to'pda ham posbon hushyor bo'ldi. Biroq 84-daqiqada Ryerson ijro etgan navbatdagi burchak zarbasidan so'ng Dominik Kor to'pni o'z darvozasiga kiritib yubordi — 4:0.

Yirik g'alabadan keyin “Borussiya” turnir jadvalida “Bavariya”dan atigi uch ochko ortda qoldi. “Maynts” esa pastki qismda, oxiridan beshinchi o'rinda turibdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.