Ronaldu keyingi o'yinda maydonga qaytishga qaror qildi

"Al-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoasining navbatdagi uchrashuvida ishtirok etadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
41 yoshli portugaliyalik futbolchi Saudiya Arabistoni chempionatidagi so'nggi ikki bahsni o'tkazib yuborgandi, biroq endi maydonga qaytish bo'yicha yakuniy qarorini qabul qildi. Jurnalist Fabritsio Romanoning xabar berishicha, yulduzli forvard shanba kuni "Al-Fateh"ga qarshi o'yinda maydonga tushishga tayyor. Ronaldu jamoa bilan birga uchrashuv bo'lib o'tadigan El-Hasaga allaqachon yetib borgan.
O'yin 22:30 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi. Hozirda "Al-Nasr" Saudiya ligasi turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













