Ronaldu keyingi o'yinda maydonga qaytishga qaror qildi

Ronaldu keyingi o'yinda maydonga qaytishga qaror qildi

“Al-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoasining navbatdagi uchrashuvida ishtirok etadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

41 yoshli futbolchi Saudiya Arabistoni chempionatidagi so‘nggi ikki o‘yinni o‘tkazib yuborgandi, biroq endi maydonga qaytish bo‘yicha yakuniy qarorga keldi. Jurnalist Fabritsio Romano xabariga ko‘ra, portugaliyalik yulduz shanba kuni bo‘lib o‘tadigan “Al-Fateh”ga qarshi bahsda o‘ynashga tayyor. Hujumchi jamoa bilan birga o‘yin o‘tkaziladigan El-Hasaga allaqachon yetib borgan.

Uchrashuv 22:30 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi. Hozirda “Al-Nasr” Saudiya ligasi turnir jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.