Jezush Ronalduga dam berdi va u navbatdagi o'yinni o'tkazib yuboradi

Jezush Ronalduga dam berdi va u navbatdagi o'yinni o'tkazib yuboradi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronalduning yaqinlashib kelayotgan uchrashuvda maydonga tushmasligi sababini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi bahs olib boradi. Portugaliyalik yulduz hujumchi tez orada yana safga qaytishi kutilayotgan bo'lsa-da, bu o'yinda u yana qaydnomadan joy olmaydi.

Jezushning so'zlariga ko'ra, jamoa tig'iz taqvim sabab Ronalduni hamda asosiy tarkibdagi yana bir qator futbolchilarni asrashga qaror qilgan. Murabbiy oldinda «Al-Fateh»ga qarshi muhim uchrashuv borligini ta'kidladi.

Al Nassr Zone keltirgan iqtibosda Jezush Ronalduning dam olishi yangilik emasligini ham eslatib o'tdi: u Saudiya Arabistonidan tashqarida o'tadigan o'yinlarda avval ham bir necha bor maydonga tushmagan.

Saudiya chempionatidagi «Al-Fateh» – «Al-Nasr» uchrashuvi shanba kuni, 14 fevral kuni bo'lib o'tadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.