Di Mariya Argentinada simulyatsiya ayblovlari ostida qoldi

Di Mariya Argentinada simulyatsiya ayblovlari ostida qoldi

Anxel di Mariya vatanga qaytib, dastlabki o'yinlarda o'zini ko'rsatdi. Biroq oradan ko'p o'tmay, uning atrofida bahsli vaziyatlar ko'paydi: muammo natijalardan ko'ra ko'proq raqiblar va muxlislarning e'tirozlari bilan bog'liq. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Argentina chempionatidagi raqiblar di Mariyani maydonda tez-tez yiqilib, qoidabuzarlikni "chizishga" urinadi, deb hisoblamoqda. Argentina futboli muhokama qilinadigan forumlarda "nega uni hiylalari uchun ogohlantirishmaydi", "yulduz bo'lsa ham, bunday qiliqlari joniga tegdi" va "bunday darajadagi futbolchi penalti so'rashga shunchalik oshkora urinishi achinarli" kabi tanqidlar yangramoqda. Hozirda sobiq "Manchester Yunayted" va "Real" futbolchisi "Rosario Sentral" safida to'p surmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.