Liverpul Soboslaining Realga ketishiga yo'l qo'ymoqchi emas

So'nggi kunlar va haftalarda matbuot "Liverpul" yarim himoyachisi Dominik Soboslaini Madridning "Real" klubi bilan tez-tez bog'lamoqda. Mish-mishlarga Vengriya terma jamoasi bosh murabbiyi Marko Rossi ham turtki berdi: uning aytishicha, Soboslai bolaligidan "Real" safida o'ynashni orzu qilgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Biroq tarqalgan gap-so'zlarga qaramay, "Liverpul" futbolchini sotishni rejalashtirmoqda emas. TEAMtalk xabariga ko'ra, mersisaydliklar Soboslai bilan shartnomani uzaytirmoqchi va muzokaralar jarayoni ijobiy tomonga siljimoqda.
Hozirgi kelishuv 25 yoshli Soboslaini "Liverpul" bilan 2028 yil yozigacha bog'lab turibdi. Transfermarkt portali futbolchini 85 million yevroga baholamoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













