Antonio Ryudiger yozda Yuventus safiga o'tishi mumkin

Antonio Ryudiger yozda Yuventus safiga o'tishi mumkin

Madridning «Real» klubi himoyachisi Antonio Ryudiger yana A Seriyaga qaytishi ehtimoli bor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Calciomercato xabariga ko'ra, germaniyalik futbolchiga «Yuventus» qiziqish bildirmoqda. Turin klubi uni shu yozda, «Real» bilan shartnomasi yakunlanib erkin agentga aylanganidan so'ng, tarkibga qo'shib olishni rejalashtirmoqda. Ryudiger avvalroq Italiyada «Roma» safida ham to'p surgan.

Ryudiger 2022 yilda «Chelsi»dan «Real»ga erkin agent sifatida kelib qo'shilgandi. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 11 ta uchrashuvda maydonga tushdi va samarali harakatlar qayd etmadi. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 12 million yevroga baholamoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.