Saudiya futbolida fojia Al-Qadisiya 16 yoshli futbolchisi vafot etdi

Saudiya futbolida fojia Al-Qadisiya 16 yoshli futbolchisi vafot etdi

Saudiya Arabistoni futbolida og‘ir xabar tarqaldi: “Al-Qadisiya” jamoasida to‘p surgan 16 yoshli himoyachi Turki Al-Said hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Saudiya futbol federatsiyasi rasmiy bayonot berib, motam xabarnomasini e’lon qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

“Al-Qadisiya” hozir Saudiya futbolining ikkinchi kuchli ligasida ishtirok etib, turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. Klub safida italiyalik Mateo Retegi ham bor — u avvalroq “Atalanta” ranglarini himoya qilgan.

Yosh futbolchining vafotiga nima sabab bo‘lgani hozircha rasman ma’lum qilinmadi. Biroq norasmiy manbalarga ko‘ra, bu voqea yo‘l-transport hodisasi oqibatida yuz bergan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.