Liverpul A Seriyadan yangi yarim himoyachi izlamoqda

Liverpul A Seriyadan yangi yarim himoyachi izlamoqda

Turinning «Yuventus» klubi yarim himoyachisi Kefren Tyuram «Liverpul» e’tiboriga tushdi. TEAMtalk xabariga ko‘ra, ingliz grandi kelayotgan transfer oynasida 24 yoshli fransuz futbolchisini tarkibga qo‘shish variantini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Biroq «qari sinyora» Tyuramni qo‘ldan chiqarishni istamayapti: klub rahbariyati yaqin vaqt ichida unga yangi shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda.

Transfermarkt bahosiga ko‘ra, Kefren Tyuramning narxi 40 million yevroni tashkil etadi. Uning «Yuventus» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda Tyuram «byankoneri» safida 32 o‘yinda 2 ta gol va 3 ta assist qayd etdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.