Garri Keyn Barselona bilan mish-mishlarga izoh berdi

Garri Keyn Barselona bilan mish-mishlarga izoh berdi

«Bavariya» hujumchisi Garri Keyn «Barselona»ga ehtimoliy transferi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Yaqinda kataloniyaliklar prezidenti Xavyer Vilaxoana ingliz futbolchisi bo'yicha muloqotlar bo'layotgani haqida gapirgandi.

Keyn esa Sky Sport'ga bergan intervyusida bu borada hech qanday ma'lumotga ega emasligini aytdi: «Men bu haqda hech narsa eshitmaganman. Bu ishlar bilan otam va akam shug'ullanadi, lekin ular menga bu haqida hech narsa demadi. Faqat shuni takrorlayman: men bu yerda, “Bavariya”da baxtliman va hozirgi klubimga to'liq e'tibor qaratganman. Biroq bu gaplarni kompliment sifatida qabul qilaman», — dedi u.

32 yoshli forvardning Myunxen klubi bilan shartnomasi 2027 yilgacha amal qiladi. Mish-mishlarga ko'ra, «Barselona» Keynni Robert Levandovskining o'rnini bosuvchi nomzod sifatida ko'rmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.