Zhezush Ronalduni yaqin o'yinda dam oldirishini aytdi

Zhezush Ronalduni yaqin o'yinda dam oldirishini aytdi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Zhezush Krishtianu Ronaldu nega navbatdagi uchrashuvda maydonga tushmasligini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi bahs o‘tkazadi. Portugaliyalik hujumchi boykotdan keyin tez orada safga qaytishi kutilayotgandi, biroq bu o‘yinda ham u ro‘yxatda bo‘lmaydi.

«Zich taqvim sabab Ronaldu va asosiy tarkibdagi yana bir qator futbolchilarga dam berdik. Oldinda «Al-Fateh»ga qarshi juda muhim uchrashuv bor», — dedi Zhezush. Uning so‘zlarini Al Nassr Zone keltirdi.

Murabbiy, shuningdek, Ronaldu Saudiyadan tashqarida o‘tkaziladigan o‘yinlarni o‘tkazib yuborishi birinchi holat emasligini ham ta’kidladi.

Saudiya chempionati doirasidagi «Al-Fateh» — «Al-Nasr» uchrashuvi shanba, 14-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.