Kavani hushtakbozlik ostida, Bokadagi kelajagi noaniq

Kavani hushtakbozlik ostida, Bokadagi kelajagi noaniq

Urugvaylik hujumchi Edinson Kavani «Boka Xuniors»ni tark etishi mumkin. Biroq gap uning shaxsiy istagida emas: futbolchining so'nggi o'yinlari muxlislar ko'nglidan chiqmayapti va tribunalar tobora ko'proq norozilik bildirmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Oxirgi uchrashuvda Kavanini almashtirishganida bu holat yana takrorlandi — «Matador» maydonni tark etar ekan, uni qattiq hushtaklar kuzatib qo'ydi. Almashtirish esa jamoaga naf bermadi: «Boka» «Platense» darvozasini ishg'ol qila olmadi va bahs 0:0 hisobida yakunlandi.

Endi Argentina OAV Kavani bilan shartnomani uzaytirish masalasiga ehtiyotkorona yondashmoqda. Ustiga ustak, klub parg'vaylik Adam Bareyroni safga qo'shib oldi va ko'pchilik aynan u 39 yoshli veteran hujumchini asosiy tarkibdan siqib chiqarishini kutmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.