Lammens Manchester Yunayted g'alabasini jamoaviy mehnat deb atadi

Lammens Manchester Yunayted g'alabasini jamoaviy mehnat deb atadi

Manchester Yunayted Yeverson ustidan uch ochkoni qo'lga kiritdi, biroq bu natija jamoaga oson kelmadi. Buni futbolchilarning o'zi ham tan oldi. Uchrashuvda yana bir bor darvozani qo'riqlagan golkiper Senne Lammens ham shu fikrda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Lammensning aytishicha, g'alaba asosan og'ir mehnat va himoyadagi hamjihat harakatlar evaziga qo'lga kiritilgan. U jamoa ayniqsa birinchi bo'limda unchalik tomoshabop o'yin ko'rsata olmaganini ham yashirmadi. Shunga qaramay, Manchester Yunayted tartibli himoyalandi va kerakli pallada vaziyatni hal qila oladigan futbolchilar topildi, deya uning so'zlarini BBC Sport keltirdi.

Ma'lumot uchun, Manchester Yunayted oxirgi bor 2013 yilda Angliya chempioni bo'lgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.