Angliya Kubogida super to‘qnashuv: Gvardiola-Slot bahsida kim g‘olib bo‘ladi?

Bugun Angliyada nafaqat kunning, balki butun mavsumning eng hayajonli to‘qnashuvlaridan biri bo‘lib ўтади. Zamin.uz Angliya Kubogi chorak finali doirasidagi \"Manchester Siti\" va “Liverpul” bahsi oldidan taxminlarni taqdim etadi.
Bugun, Toshkent vaqti bilan soat 16:45 da Angliya futbolining ikki giganti yarim final yo‘llanmasi uchun maydonga tushadi. Har ikki jamoa uchun ham ushbu musobaqa joriy mavsumdagi eng muhim maqsadlardan biri sanaladi.
\"Manchester Siti\" bosh murabbiyi Pep Gvardiola bugungi bahsda bir qator yetakchilarni dam oldirishi yoki tarkibda kutilmagan o‘zgarishlar qilishi taxmin qilinmoqda. Eng diqqatga sazovor jihati shundaki, taxminiy tarkiblarda o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanovning ham nomi qayd etilgan.
\"Manchester Siti\"ning taxminiy tarkibi:
Insayderlar tomonidan taqdim etilgan “shaharliklar”ning bugungi asosiy tarkibi quyidagicha bo‘lishi kutilmoqda:
- Darvozabon: Trafford
- Himoyachilar: O‘Reyli, Gehi, Abduqodir Husanov, Nunes
- Yarim himoyachilar: Rodri, Bernardu Silva
- Hujumkor yarim himoyachilar: Doku, Sherki, Semenyo
- Hujumchi: Erling Xoland

O‘zbek devori “Siti” safida?
Agar Abduqodir Husanov haqiqatan ham bugun asosiy tarkibda maydonga tushsa, bu o‘zbek futboli uchun tarixiy voqeaga aylanadi. Jahonning eng kuchli klubi safida “Liverpul”dek raqibga qarshi, Xoland bilan bir jamoada to‘p surish — bu har qanday futbolchi uchun orzu. Husanovning so‘nggi vaqtlardagi ishonchli o‘yinlari uning top-klublar nazariga tushganidan dalolat beradi.
Raqobat va bosim
Eslatib o‘tamiz, vakillarimiz so‘nggi vaqtlarda xalqaro maydonlarda katta natijalar qayd etishmoqda. Milliy terma jamoamizning Venesuela ustidan qozonilgan g‘alabasidan so‘ng, Janubiy Amerika nashrlari o‘zbek futbolining o‘sishini alohida eʼtirof etishgan edi. Bugun esa navbat klublar darajasidagi eng yuqori nuqtaga — Angliya Kubogiga keldi.
Aziz muxlislar, sizningcha, Abduqodir Husanov bugun “Liverpul” hujumchilarini to‘xtata oladimi? \"Manchester Siti\"ning ushbu tarkibi g‘alaba uchun yetarlimi?













