Istanbuldagi turnirda O‘zbekiston bokschilari ulkan g‘alabaga erishdilar

Istanbuldagi turnirda O‘zbekiston bokschilari ulkan g‘alabaga erishdilar

29 martdan 5 aprelgacha Turkiyaning Istanbul shahrida bo‘lib o‘tgan 34-halqaro \"Axmet Kyumart Bosfor\" xotirasiga bag‘ishlangan boks turnirda O‘zbekiston terma jamoasi aʼzolari juda yaxshi natijalarga erishdi. Musobaqada 5 nafar bokschi finalga chiqib, natijada barchasi oltin medalga sazovor bo‘ldi. Bu juda muvaffaqiyatli natija bo‘lib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashga imkoniyat yaratdi. Bunday yuqori natija O‘zbekistonning xalqaro arenadagi yetakchiligini yana bir bor ko‘rsatdi.

G‘olib bokschilar:

  • 65 kg: Ilhomjon Ergashev
  • 48 kg: Robiyaxon Baxtiyorova
  • 54 kg: Uzukjamol Yunusova
  • 60 kg: Sitora Turdibekova
  • +80 kg: Sobiraxon Shoxobiddinova

Murabbiylar: Shahzoda Umarova, Farrux Jo‘rayev, Bahodir Nuruddinov, Anvar Karabekov

Musobaqada O‘zbekiston boks federatsiyasining aʼzosi Valixan Anashev hakamlik faoliyatini ham olib bordi. Turnirdagi ushbu ajoyib natija O‘zbekiston boksining xalqaro maydondagi nufuzini yana-da oshirdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.