Dasturiy xato sababli yuz minglab Hyundai Tucson oʻz-oʻzidan tormozlanmoqda

Dasturiy xato sababli yuz minglab Hyundai Tucson oʻz-oʻzidan tormozlanmoqda

Hyundai kompaniyasi AQSHda 421 mingga yaqin avtomobilni dasturiy taʼminotdagi xatolik tufayli chaqirtirib olishini eʼlon qildi. Mazkur nosozlik transport vositasining kutilmaganda, haydovchi aralashuvisiz tormozlanishiga olib kelishi mumkin. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Muammo frontal toʻqnashuvlarning oldini olish tizimidagi (FCA) xatolik bilan bogʻliq. Old kameralar dasturiy taʼminotidagi nosozlik tufayli tizim notoʻgʻri signallarni qabul qilishi va yoʻlda hech qanday toʻsiq boʻlmasa-da, tormoz tizimini keskin ishga tushirishi aniqlangan. Bu holat yoʻllarda avariya xavfini sezilarli darajada oshiradi.

Ushbu servis kampaniyasi Hyundai Santa Cruz pikapi, shuningdek, Hyundai Tucson, Hyundai Tucson Hybrid va Hyundai Tucson Plug-in Hybrid krossoverlarini qamrab oladi. Nosozlik asosan 2022–2024-yillarda ishlab chiqarilgan modellarda kuzatilgan.

Hyundai dilerlari aniqlangan muammoni bartaraf etish uchun avtomobillarning dasturiy taʼminotini bepul yangilab beradi. Avtomobil egalari rasmiy servis markazlariga murojaat qilishlari soʻralmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.