Arne Slot «Liverpul» bosh murabbiyi lavozimida qoladi

Arne Slot «Liverpul» bosh murabbiyi lavozimida qoladi

«Liverpul» klubining afsonaviy himoyachisi Jeymi Karrager jamoa bosh murabbiyi Arne Slotning kelajagi borasidagi so'nggi ma'lumotlar bilan bo'lishdi. Bir necha haftadan buyon davom etayotgan turli mish-mishlarga qaramay, niderlandiyalik mutaxassis o'z lavozimini saqlab qoladigan bo'ldi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Joriy mavsum «mersisaydliklar» uchun kutilganidek kechmadi. Jamoa chempionlik poygasidan chiqib ketdi va sovrinli o'rinlar uchun kurashish imkoniyatini boy berdi. Shunga qaramay, klub rahbariyati murabbiyga ishonch bildirishda davom etishga qaror qilgan.

Arne Slot «Liverpul» bosh murabbiyi lavozimida qoladi

Karragerning so'zlariga ko'ra, Slot keyingi mavsumda ham jamoani boshqaradi. Rahbariyat murabbiyga tarkibni qayta shakllantirish va xatolarni tuzatish uchun imkoniyat bermoqchi. Hozirda klub kelgusi transfer oynasi uchun rejalar tuzishni boshlab yuborgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.