Messi el-klasikodan so‘ng jamoadoshining ustidan rahbariyatga shikoyat qildi!

Messi el-klasikodan so‘ng jamoadoshining ustidan rahbariyatga shikoyat qildi!
“El-klasiko”dagi mag‘lubiyat “Barselona” futbolchilariga qattiq ta’sir qilgani tayin. Ayniqsa, Lionel Messiga. Mag‘lubiyatga o‘rganmagan futbolchi oxirgi paytlarda jamoadoshlarining o‘yinini tez-tez tanqid qilib kelayotgandi.

Hatto uning “qora ro‘yxat” tuzgani haqidagi xabarlar ham tarqalgandi. Buni qarangki, argentinalik futbolchi “Real”ga qarshi kechgan Ispaniya superkubogining dastlabki o‘yinidan keyin jamoadoshlaridan birini keskin tanqid qildi. Uning ustidan hatto klub rahbariyatiga shikoyat ham bildirdi. Bu Jerar Delafeodir.

Xabarlarga qaraganda, Messi 23 yoshli futbolchining o‘yinidan qoniqmagan va rahbariyatiga uning ustidan shikoyat qilib, Jerar Neymarning o‘rnini bosa olmasligini ta’kidlagan.

Manba: Mazmun.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.