Hozirgi tarkibdan ko‘ngli to‘q bo‘lgan Zidan markaziy himoyachi va hujumchi sotib olmoqchi

Hozirgi tarkibdan ko‘ngli to‘q bo‘lgan Zidan markaziy himoyachi va hujumchi sotib olmoqchi
\"Real\" bosh murabbiyi Zinedin Zidan jamoaga markaziy himoyachi va hujumchi qo‘shib olish niyatida.

Zidan himoyachilar Rafael Varan va Xesus Valexolardan mamnun, biroq ikki futbolchi ham jarohat olgan. Fransiyalik mutaxassis mavsum davomida bu pozisiyada tayanch yarim himoyachilari Karlos Kasemiro va Markos Lorentelardan foydalanishi ham mumkin. Hujum chizig‘iga to‘xtaladigan bo‘lsak, Zidan Alvaro Moratani \"Chelsi\"ga berib yuborganidan so‘ng qo‘l ostida bir hujumchi bo‘lishini istamoqda.

Oldinroq Zidan hozirgi tarkibdan ko‘ngli to‘q ekanligini aytgan edi.

Manba: Championat.asia
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.