Lionel Messi: Maydonga qaytishimning aniq sanasini bilmayman


Kataloniyaning \"Barselona\" klubi hujumchisi Lionel Messi qachon maydonga qaytishi borasida gapirib o‘tdi va aniq sanasini hali bilmasligini qo‘shib qo‘ydi, deb xabar bermoqda Uff.uz sayti.
Eslatib o‘tamiz, hujumchi sentyabrning oxirida orttirib olgan tizza jarohatidan tiklanishda davom etmoqda.
\"Kundan-kunga o‘zimni yaxshiroq his etyapman, ammo maydonga qaytishimning aniq sanasini bilmayman. Bunday narsalarni oldindan bilib bo‘lmaydi, chunki, bu menga bog‘liq emas.
Menga qo‘yib bersa ertadanoq maydoga tushib o‘ynab ketardim, ammo shifokorlar buni amalga oshirishga yo‘l qo‘yishmaydi\", – deya Messining so‘zlarini keltiradi Yahoo Sports portali.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













