"Mag‘lubiyatdan qutulish uchun 55 soniya". "Barselona" so‘nggi daqiqalarda kambek qildi

"Mag‘lubiyatdan qutulish uchun 55 soniya". "Barselona" so‘nggi daqiqalarda kambek qildi
Ispaniya chempionatining 30-tur markaziy o‘yini o‘z nihoyasiga yetdi.

\"Sevilya\" o‘z maydonida \"Barselona\"ni qabul qilib, 2:2 hisobidagi durangni qayd etdi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

36-daqiqada Vaskes mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limning 5 daqiqasida Muriel oradagi farqni 2taga yetkazdi. O‘yinning asosiy daqiqasida tugashiga 2 daqiqa qolganida Suares farqni qisqartirgan bo‘lsa, 89-daqiqada Messining kiritgan goli jamoani mag‘lubiyatdan saqlab qoldi.

Ma’lumot uchun, \"Barselona\" mavsum boshidan buyon La-Liga doirasidagi o‘yinlarda biror marotaba mag‘lub bo‘lmay kelayotgan yagona jamoa hisoblanadi.

Sevilya – Barselona 2:2

Gollar: 1:0 – 36 Vaskes, 2:0 – 50 Muriel, 2:1 – 88 Suares, 2:2 – 89 Messi.
Sevilya – Riko, Ker, Eskudero, Merkado (Layyun, 46), Langle, Nzonzi, Banega, Vaskes, Navas (Nolito, 81), Korrea (Pisarro, 72), Muriel.
Barselona – ter Stegen, Umtiti, Pike, Alba, Serji Roberto, Inesta (Pako Alkaser, 81), Rakitich, Koutino, Paulino (Denis Suares, 77), Dembele (Messi, 58), Suares.
Ogohlantirishlar: Merkado (34), Riko (44).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.