Zlatan Ibragimovichning MLSdagi debyuti "dahshatli" chiqdi (video)

Zlatan Ibragimovichning MLSdagi debyuti "dahshatli" chiqdi (video)
Foto: «footboom.com»
O‘tgan haftada «Manchester Yunayted»ni tark etib, «LA Galaxy»ga yo‘l olgan Zlatan Ibragimovich MLSdagi debyutini dahshatli boshladi.

Ibragimovich Los-Anjeles derbisining dastlabki 1 soatini zahira o‘rindig‘idan kuzatdi. Uning klubi 3-0 hisobida ortda bormoqda. Nihoyat, jamoasi hisobni biroz qisqartira oldi. O‘yin tugashiga 20 daqiqacha qolganida Ibra maydonga tushirildi va u nafaqat dubl qayd etdi, balki 91-daqiqada urgan goli bilan jamoasi g‘alabasini ta’minladi.

U kiritgan birinchi gol esa shunchaki shedevr bo‘ldi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.