"CAFA U-16 Championship". O‘zbekiston Afg‘oniston terma jamoasini yirik hisobda yengdi

"CAFA U-16 Championship". O‘zbekiston Afg‘oniston terma jamoasini yirik hisobda yengdi
\"CAFA U-16 Championship\" musobaqasidan o‘rin olgan uchrashuvda O‘zbekiston U-16 terma jamoasi afg‘onistonlik tengdoshlariga qarshi maydonga tushib, 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Terma jamoamiz tarkibida gollarga Temur Mamasiddiqov (2ta), Igor Chikrizov va Husayn Norchayevlar mualliflik qilishdi. Keyingi uchrashuvni Usmon Toshev shogirdlari 7 iyul kuni Qirg‘iziston terma jamoasiga qarshi o‘tkazishadi. O‘yin soat 17:00da \"Milliy\" stadionda boshlanadi.

Afg‘oniston - O‘zbekiston 1:4.
Hakamlar: Meder Taychiyev, Eldo‘st Mirzabekov, Qanot Mirzabekov (barchasi Qirg‘izistondan), Sayyodjon Zayniddinov (Tojikiston).
Gollar: Sardor Abdurashidxo‘jayev (8-avtogol), Temur Mamasiddiqov (29, 43), Igor Chikrizov (40), Husayn Norchayev (88).

Afg‘oniston: Sharif Omonzoda, Ismatulloh Kozimi, Muhammad Amin Nizomiy, Ali Zohidiy, Abdul Munir Hazratiy (Ali Sino Valizoda, 87), Fayzuddin Shirzad, Muhammad No‘’mon Valizoda, Samir Samandariy, Abdul Hada Sadiqi, Sajad Ali Xaliliy, Abuzar Rahmoniy (Toryalay Xamderd, 68).
O‘zbekiston: Mo‘minrizo Qodirov, Sardor Abdurashidxo‘jayev, Xurshid Abdullayev, Muhammadyusuf Nosirov, Diyorbek Rahimqulov, Temur Mamasiddiqov (Farruhbek Muxtorov, 85), Mironshox Sattorov, Igor Chikrizov (Husayn Norchayev, 84), Jasurbek Jamoliddinov, Ruslan Roziyev, Azizbek Hafizov (Doniyor Sobirov, 66).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.