Raqibiga tupurgan Duglas Kosta uzr soʻradi (video)

Raqibiga tupurgan Duglas Kosta uzr soʻradi (video)
“Yuventus” yarim himoyachisi Duglas Kosta “Sassuolo”ga qarshi oʻyindan (2:1) soʻng barchadan uzr soʻradi.

28 yoshli futbolchi uchrashuv oxirida “Sassuolo” vakili Federiko Di Francheskoning yuziga tupurgani uchun qizil kartochka olib maydonni tark etdi.

“Yuventus”ning barcha muxlislaridan bugungi harakatim uchun uzr soʻramoqchiman.

Doim mening yonimda boʻladigan sheriklarimdan ham uzr soʻrayman. Bu ahmoqona ish edi, barchaning oldida kechirim soʻrayman.

Bugungi qilgan ishim faoliyatimda birinchi bor sodir boʻldi», – deydi Duglas Kosta.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.