Bugun Chempionlar ligasi nimchorak finaliga qur’a tashlanadi

Bugun Chempionlar ligasi nimchorak finaliga qur’a tashlanadi
Xabaringiz bor o‘tgan haftada UYeFA Chempionlar ligasida guruh bosqich uchrashuvlari o‘z yakuniga yetgan edi.

Unga ko‘ra «Borussiya D», «Shalke-04», «Bavariya» (uchchalasi – Germaniya), «Liverpul», «Manchester Siti», «Manchester Yunayted», «Tottenxem Xotspur» (to‘rttalasi – Angliya), «Barselona», «Real», «Atletiko» (uchchalasi – Ispaniya), «Yuventus», «Roma» (ikkisi – Italiya), «PSJ», «Lion» (ikkisi — Fransiya), «Portu» (Portugaliya), «Ayaks» (Gollandiya) jamoalari bosh sovrin uchun kurashni davom ettiradigan bo‘lishdi.

Bugun esa Toshkent vaqti bilan soat 16:00da musobaqaning nimchorak finaliga qur’a tashlash marosimi boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu bosqichning dastlabki uchrashuvlari 2019 yil 12-13 va 19-20 fevral kunlari, javob bahslari esa 5-6 hamda 12-13 mart kunlari bo‘lib o‘tadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.