O‘zbekistonning chorakfinalga chiqish imkoniyati juda past baholanmoqda (jadval)

O‘zbekistonning chorakfinalga chiqish imkoniyati juda past baholanmoqda (jadval)
We Global Football sayti ekspertlari Osiyo Kubogining 1/8 finaliga chiqqan terma jamoalarning musobaqadagi imkoniyatlarini chamalab ko‘rdilar.

Yangi tahlilga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasining Osiyo chempioni bo‘lish imkoniyati atigi 1,8%ga baholangan.

Bundan tashqari, o‘zbekistonliklarning chorakfinalga chiqish imkoniyati (24,6%) Qirg‘iziston terma jamoasinikidan (40,9%) ham past. Eslatib o‘tamiz, biz nimchorakfinalda Avstraliya bilan, Qirg‘iziston esa BAA bilan bellashadi.

We Global Football ekspertlari fikriga ko‘ra, Osiyo Kubogida g‘alaba qozonish uchun eng ko‘p imkoniyatga ega terma jamoalar – Eron (22,5%), Avstraliya (21,2%), Janubiy Koreya (19,2%) va Yaponiya (16,9%).
O‘zbekistonning chorakfinalga chiqish imkoniyati juda past baholanmoqda (jadval)
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.