Mahmud Muradovning navbatdagi jangi muddati va raqibi aniq boʻldi

Mahmud Muradovning navbatdagi jangi muddati va raqibi aniq boʻldi
Aralash qoidalar yakkakurashi boʻyicha oʻrta (-84 kg) vazn toifasida oktagonga chiqadigan oʻzbekistonlik Mahmud Muradov (18-6, 12 KO) 16 marta kuni navbatdagi jangini oʻtkazadi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri xabar bermoqda.

Maʼlumotlarga koʻra, Mahmud Muradov 16 mart kuni Chexiyaning Brno shahrida oʻzining 25-jangini oʻtkazadi. Xtreme Fighting Nation (XFN) turniri doirasida tashkil etiladigan mazkur jangda Mahmudga shvetsiyalik Diyego Gonsales (20-12, 1 KO) raqiblik qiladi.

Eslatib oʻtamiz, soʻnggi marta Mahmud Muradov 2018 yilning 27 dekabr kuni oktagonga chiqqandi. Oʻshanda u Chexiyada boʻlib oʻtgan XFN turnirida polshalik Gjegoj Sivini uchinchi raundda nokautga uchratib gʻalaba qozongandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.