"Barselona" Grizmann va de Ligtni sotib olish uchun qaysi futbolchilarini sotmoqchi?

"Barselona" Grizmann va de Ligtni sotib olish uchun qaysi futbolchilarini sotmoqchi?
\"Barselona\" jamoasi yozgi transferlar mavsumi uchun o‘z maqsadlarni aniqlab oldi.

Kataloniyaliklar allaqachon \"Ayaks\"dan Frenk de Yongni sotib olib bo‘lishdi. Endi maqsad yana o‘sha gollandiyaliklardan Matteys de Ligtni ham qo‘lga kiritish. Shu bilan birga, \"Atletiko\"dan Antuan Grizmanni ham olish bosh vazifa bo‘lib turibdi.

Gap shundaki, \"Barsa\"ning barcha pullari faqatgina 75 mln yevro turadigan de Yongga yetgan. Yana Grizmann (120 mln) va de Ligt (70 mln) uchun 190 mln kerak bo‘lyapti. Buning uchun jamoa bir qator futbolchilarini sotuvga qo‘ymoqda.

Sotiladigan futbolchilar ro‘yxatiga quyidagilar kirgan:

1. Filippe Koutino (uni 100 mlnga sotishmoqchi)
2. Ivan Rakitich (50 mlngacha)
3. Samyuel Umtiti (40 mln)
4. Yasper Sillessen (30 mln)
5. Malkom (40 mlndan kammas)
6. Andre Gomesh (20-25 mln)
7. Denis Suares, Rafinya Alkantara (ularning narxi yo‘q)
8. Mark Kukurelya (10 mln)
9. Nelson Semedu (35 mln).

Manba: uff.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.