Arsen Venger YeChL finali haqida fikr bildirdi

Arsen Venger YeChL finali haqida fikr bildirdi
Fransiyalik mashhur mutaxassis Arsen Venger YeChL finalida “Tottenxem” – “Liverpul” uchrashuvidan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Liverpul” ushbu o‘yinda yuqori tempda o‘ynagani yo‘q. Bundan esa “Tottenxem” foydalanib qolishi kerak edi. Afsuski, ular yanada kuchli futbol namoyish qilishga kuchlari yetmadi. Bu klubning ko‘rsatadigan o‘yin darajasiga bog‘liq emas. Hammasi klublarning ruhiyatida deya olaman”, - deb Venger so‘zlaridan keltirmoqda BBC.

Eslatib o‘tamiz, uchrashuv 2:0 hisobida “Liverpul”ning g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu tariqa, “qizillar” o‘z tarixida 6-marotaba Chempionlar ligasini qo‘lga kiritdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.