O‘FA va PFL kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etgani aniqlangan 2 klubni chetlashtirdi

O‘FA va PFL kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etgani aniqlangan 2 klubni chetlashtirdi
Xabaringiz bor, joriy yilning iyul oyida O‘zbekiston futbol Assotsiatsiyasi Osiyo futbol Konfederatsiyasi bilan kelishilgan o‘yinlar hamda totalizatorga qarshi kurashda yaqindan hamkorlik qilish bo‘yicha kelishib olgan edi.
Ushbu hamkorlik natijasi o‘laroq, \"A\" Pro-liga ishtirokchisi \"Iftixor\" hamda \"B\" Pro-ligada ishtirok etib kelayotgan \"Rash Milk\" futbol klublarining kelishilgan o‘yinlarga aloqador ekanligi, shuningdek Reglament talablarini qo‘pol ravishda buzib kelayotgani aniqlandi.

Shu sababdan O‘FAning Intizom va odob-ahloq (etika) va Litsenziyalash qo‘mitalarining qaroriga asoslanib PFL tomonidan 2019 yilgi mavsumda \"Rash Milk\" futbol klubiga O‘zbekiston chempionatining \"V\" Pro-ligada, \"Iftixor\" futbol klubiga esa \"A\" Pro-ligada ishtirok etish uchun berilgan litsenziyalarning amal qilishi tugatildi va ushbu ikki klub musobaqalardan chetlashtirildi.
O‘FA va PFL kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etgani aniqlangan 2 klubni chetlashtirdi
Ma’lumot uchun, \"Iftixor\" \"A\" Pro-ligada 20ta o‘yin o‘tkazgan holda bor yo‘g‘i 5 ochko bilan so‘nggi pog‘onada borayotgan bo‘lsa, \"Rash Milk\" \"B\" Pro-ligada 21ta uchrashuvdan keyin 41 ochko to‘plab, \"Lokomotiv BFK\" bilan birga ikkinchi o‘rinni bo‘lishib turgan edi.

Manba: O‘FA matbuot xizmati
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.