Misrlik futbolchi "Navbahor"da ko‘rikdan o‘tmoqda

Misrlik futbolchi "Navbahor"da ko‘rikdan o‘tmoqda
Yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlab yuborgan Namanganning “Navbahor” klubi yig‘iniga birin ketin legionerlar kelishi boshlandi.

Xabarlarga qaraganda “lochinlar” safiga 21 yoshli misrlik futbolchi Xolid Hassan kelib qo‘shilgan. U yarim himoyachi ampluasida harakat qiladi. Uning so‘nggi jamoasi Misrning “Al-Olimpi” klubi bo‘lgan.

Ta’kidlash kerakki, “Navbahor” yig‘iniga yana 2 nafar misrlik futbolchining kelishi kutilmoqda. Ularning biri Misr terma jamoasida to‘p suradi. “Navbahor” ertadan rasman mashg‘ulotlarni boshlaydi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.