Eldor Shomurodov "Rostov"dan ketadimi?

Eldor Shomurodov "Rostov"dan ketadimi?
\"Rostov\" hujumchisi Eldor Shomurodov qishki transferlar oynasida jamoadan ketishni rejalashtirmayapti.
Oldinroq, Shomurodovga \"Shalke\" va \"Lion\" klublari qiziqayotganligi xabar qilingan edi. Yakunda esa nemis klubi ushbu xabarni rad qildi.

Shomurodov \"Rostov\"da mavsum so‘nggiga qadar o‘ynamoqchi va jamoasining Chempionlar Ligasiga chiqishiga ko‘maklashmoqchi.
Futbolchi uchun Rossiya chempionatining eng yaxshi to‘purari bo‘lish muhim va shundan so‘ng u Yevropaga ketishni rejalashtirmoqda.

Ushbu qarorga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan yagona narsa katta transfer pulidir. Ammo, futbolchida hozircha bunday takliflar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, transfermarkt futbolchini 6,5 million yevroga baholagan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.