AS nashri Shomurodovni "o‘zbek tanki" deb atadi

AS nashri Shomurodovni "o‘zbek tanki" deb atadi
O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov haqidagi so‘nggi yangiliklar nafaqat rus va o‘zbek OAV, balki ispan nashrlarida ham faol muhokama qilinmoqda.
Bir necha kun oldin Shomurodovning agenti German Tkachenko terma jamoamiz hujumchisiga \"Selta\" qiziqish bildirgani haqida gapirgan edi. Ma’lum bo‘lishicha, ispan klubi Eldorni qo‘lga kiritish qiyinligi tufayli \"Lokomotiv\" forvardi Fyodor Smolovni sotib olgan. Ispaniyaning AS nashri aynan shu ma’lumot haqida o‘z saytida xabar qoldirib, Eldor Shomurodovni \"o‘zbek tanki\" deb atadi.
AS nashri Shomurodovni "o‘zbek tanki" deb atadi
Tarjima: \"Selta\" sport direktori Felipe Minyambres \"Rostov\"da o‘ynayotgan va ayni damda Rossiya chempionati to‘purarlar poygasida yetakchilik qilayotgan \"o‘zbek tanki\" - Eldor Shomurodovni qo‘lga kiritishni istagan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.