Mayk Tayson ringga qaytishi mumkinligini e’lon qildi

Mayk Tayson ringga qaytishi mumkinligini e’lon qildi
Sobiq bokschi Mayk Tayson o‘z mashg‘uloti tasvirlangan videoni tvitterdagi sahifasiga joyladi. Unda 53 yoshli sportchi zarbalarni amalga oshirayotganini ko‘rish mumkin.

Tvitterda Taysonni kuzatib boradiganlar uning zarbalari kuchi va tezligiga yuqori baho berishgan. Amerikalik sportchi xayriya maqsadida ringga qaytishi mumkinligini ma’lum qildi.

Mayk Tayson ayni vaqtda muntazam ravishda mashg‘ulot olib bormoqda va ko‘rgazmali jang o‘tkazishi mumkinligini istisno etmayapti.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.