Jastin Getji: «Habib uni nokautga uchrata olishimga ishonmayotgan bo‘lsa, demak, u tentak ekan»

Kollaj: «Daryo»
Yengil vazn toifasida UFC chempionlik kamariga da’vogar sportchi Jastin Getji chempion Habib Nurmagomedovga qarshi kechadigan jang haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- \"Bu hayotimdagi eng katta jang. Bunga hech qanday shubha yo‘q. Tashqi omillar kayfiyatim va tayyorgarlik jarayonimga ta’sir etishiga yo‘l qo‘ymayman.
O‘zimga ishonaman va bu ishonch kundan-kunga ortib bormoqda. Xuddi shu tarzda sakkiz hafta ortda qoldi, oldinda yana 3,5 hafta bor. Bu jangga tayyor bo‘laman.
O‘zimdagi ishonch — eng asosiy omil, u kuch va murabbiylar tayyorlab qo‘ygan usullar natijasida xavfli kombinatsiyaga aylanadi. Yana bir omil — og‘ir mehnat, salohiyatlar jamlanmasi va ozgina omad.
Istalgan birimiz nokautga uchrashimiz mumkin. Agar Habib «U meni nokautga uchrata olmaydi» deb hisoblayotgan bo‘lsa, u holda tentak ekan. Bu meni uning uchun eng xavfli raqibga aylantiradi. U hali men kabi raqib bilan to‘qnash kelmagan\", - deydi Jastin Getji.
Eslatib o‘tamiz, Nurmagomedov va Getji o‘rtasidagi jang 24 oktabr kuni Abu-Dabidagi «Jangchilar oroli»da tashkil etiladigan UFC 254 musobaqasining asosiy voqeasi bo‘ladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Yengil vazn toifasida UFC chempionlik kamariga da’vogar sportchi Jastin Getji chempion Habib Nurmagomedovga qarshi kechadigan jang haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- \"Bu hayotimdagi eng katta jang. Bunga hech qanday shubha yo‘q. Tashqi omillar kayfiyatim va tayyorgarlik jarayonimga ta’sir etishiga yo‘l qo‘ymayman.
O‘zimga ishonaman va bu ishonch kundan-kunga ortib bormoqda. Xuddi shu tarzda sakkiz hafta ortda qoldi, oldinda yana 3,5 hafta bor. Bu jangga tayyor bo‘laman.
O‘zimdagi ishonch — eng asosiy omil, u kuch va murabbiylar tayyorlab qo‘ygan usullar natijasida xavfli kombinatsiyaga aylanadi. Yana bir omil — og‘ir mehnat, salohiyatlar jamlanmasi va ozgina omad.
Istalgan birimiz nokautga uchrashimiz mumkin. Agar Habib «U meni nokautga uchrata olmaydi» deb hisoblayotgan bo‘lsa, u holda tentak ekan. Bu meni uning uchun eng xavfli raqibga aylantiradi. U hali men kabi raqib bilan to‘qnash kelmagan\", - deydi Jastin Getji.
Eslatib o‘tamiz, Nurmagomedov va Getji o‘rtasidagi jang 24 oktabr kuni Abu-Dabidagi «Jangchilar oroli»da tashkil etiladigan UFC 254 musobaqasining asosiy voqeasi bo‘ladi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













