Davron Fayziyev: Italiya nashri Eldor Shomurodov borasida O‘FAga murojaat qildi

Davron Fayziyev: Italiya nashri Eldor Shomurodov borasida O‘FAga murojaat qildi
Oxirgi paytda Italiya nashrlarining nigohi \"Jenoa\"da o‘zini ko‘rsatayotgan Eldor Shomurodovga qaratilgan. Avvaliga \"Tuttosport\" hamyurtimiz \"Yuventus\"ning qiziqish doirasida bo‘lishi mumkinligini ezgandi. Endi esa \"Gazzetta Dello Sport\" hujumchi haqida katta material chop etdi.

Shomurodovning o‘yinlari futbolimizni tanitayotgani haqida sharhlovchi Davron Fayziyev telegramdagi sahifasida fikrlarini bayon etdi.
Davron Fayziyev: Italiya nashri Eldor Shomurodov borasida O‘FAga murojaat qildi
- Eldor Shomurodov haqida Italiyaning Gazzetta Dello Sport nufuzli nashri yozmoqda. “Jenoa o‘zining yangi Eldor..adosini topdi”, deyilgan sarlavhada. Shuningdek, Shomurodovning Italiyadagi hayoti, O‘zbekistonda uning faoliyatiga munosabat, natijalari, instagram sahifasi va yana bir qancha ma’lumotlar yozilgan. Bularni tarjima qilmasak ham sizga ma’lum, italiyaliklar esa, Shomurodov bilan endi tanishmoqda. Eldorning debyuti \"Jenoa\"da umid uyg‘otmoqda. Uning yordamida Genuya klubi A Seriyada kurashni davom ettirmoqchi.

Darvoqe, Gazzetta vakillari bizga ham (O‘FA Mediyasiga) murojat qilib, Vadim Abramovning fikrlari bilan qiziqishdi. Tashkil etib berdik. Hozirda Italiya futbol ommasi O‘zbekiston futboli bilan yaqindan tanishmoqda. Mana qanchalik muhim kuchli chempionatlarda vakillarimizning o‘ynashi. Ko‘payaverishsin
, - deya yozib qoldirdi Davron Fayziyev.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.