Yana 4 nafar bokschimiz Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Yana 4 nafar bokschimiz Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Dunyoda koronavirus infeksiyasining yangi to‘lqini yuzaga kelayotgani sabab Xalqaro olimpiya qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan maxsus komissiya boks bo‘yicha jahon litsenzion musobaqasini bekor qilgan edi. Musobaqaning o‘rniga yo‘llanmalar qit’alar kesimida sportchilarning reytingdagi pog‘onasiga qarab taqsimlanishi ma’lum qilingan.

Maxsus komissiya sportchilarning reyting pog‘onasini o‘rganib chiqdi va bu borada Olimpiada yo‘llanmalarining egalari ma’lum bo‘lgach, Milliy olimpiya qo‘mitalariga rasmiy xat jo‘natdi.
Yana 4 nafar bokschimiz Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Unga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi vakillaridan Fanat Qahramonov (-75 kg) va Dilshod Ro‘zmetov (-81 kg), ayollardan Rayhon Qodirova (-60 kg) va Maftuna Meyliyeva (-69 kg) Olimpiada yo‘llanmalariga ega bo‘lishdi.
Yana 4 nafar bokschimiz Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Ta’kidlash joiz, oilaviy sharoit (homilador) sabab Maftuna Meyliyevaning litsenziyasi reytingda u bilan yonma-yon turgan boshqa bir hamyurtimiz Shahnoza Yunusovaga o‘tadigan bo‘ldi.
Yana 4 nafar bokschimiz Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Bu xaqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Shu tariqa boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi «Tokio – 2020» olimpiya o‘yinlarida 11 nafar sportchi bilan ishtirok etadigan bo‘ldi. Erkaklar jamoamiz to‘liq tarkibda, qizlarimiz esa 3 nafar ishtirokchi bilan Olimpiadada yurtimiz sharafini himoya qiladi.
Yana 4 nafar bokschimiz Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan tarkibimiz:

Erkaklar:

-52 kg: Shahobiddin Zoirov
-57 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov
-63 kg: Elnur Abduraimov
-69 kg: Bobousmon Baturov
-75 kg: Fanat Qahramonov
-81 kg: Dilshod Ro‘zmetov
-91 kg: Sanjar Tursunov
+91 kg: Bahodir Jalolov

Ayollar:
-51 kg: Tursunoy Rahimova
-60 kg: Rayhon Qodirova
-69 kg: Shahnoza Yunusova.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.