Nigina O‘ktamova o‘zbek bokschi qizlari ichida jahon chempionligiga erishgan ilk sportchiga aylandi

Polshaning Kelse shahrida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionati davom etmoqda.
Musobaqada -54 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Nigina O‘ktamova barcha raqibalarini mag‘lub etgan holda finalgacha yetib kelgandi.
U biroz avval hal qiluvchi jangda ukrainalik Kristina Lakichukka qarshi to‘qnash keldi va 4:1 hisobida g‘alabaga erishdi!
Qayd etish lozimki, bungacha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi qizlari xech qachon JCH finaliga qadar yetib kela olishmagan. Bu borada Nigina o‘zbek boksi tarixida yangi sahifa ochdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Birozdan so‘ng -64 kg vaznli Mohinabonu Abdullayeva rossiyalik Azaliya Aminevaga qarshi oltin medal uchun jang qiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Musobaqada -54 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Nigina O‘ktamova barcha raqibalarini mag‘lub etgan holda finalgacha yetib kelgandi.
U biroz avval hal qiluvchi jangda ukrainalik Kristina Lakichukka qarshi to‘qnash keldi va 4:1 hisobida g‘alabaga erishdi!
Qayd etish lozimki, bungacha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi qizlari xech qachon JCH finaliga qadar yetib kela olishmagan. Bu borada Nigina o‘zbek boksi tarixida yangi sahifa ochdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Birozdan so‘ng -64 kg vaznli Mohinabonu Abdullayeva rossiyalik Azaliya Aminevaga qarshi oltin medal uchun jang qiladi.
O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













