Argentina kutilmaganda Avstraliyaga imkoniyatni boy berdi!

Argentina kutilmaganda Avstraliyaga imkoniyatni boy berdi!
Tokioda davom etayotgan olimpiadaning futbol bahslari birinchi tur o‘yinlari kutilmagan natijalarga boy o‘tmoqda. Oltin medallar uchun asosiy da’vogar bo‘lgan - Argentina termasi AFC vakillariga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

\"Kengurular\" ikkita taymda ham bittadan gol urib Janubiy Amerika vakillarini imkonsiz ahvolga tushirib qo‘ydi. Bahsda kiritilgan gollarga Uels va Tilio mualliflik qildi.

Argentina U-23 – Avstraliya U-23 0:2 
Gol:
0:1 – 14 Uels, 0:2 – 80 Tilio.
Argentina U-23 – Ledesma, de la Fuente (Errera, 62), Peres, Medina, Vera, Kolombatto (Belmonte, 78), Mak Allister (Payero, 78), Barko (de la Vega, 82), Ortega, Valensuela (Ponse, 46), Gaych.
Avstraliya U-23 – Glover, King, Deng, Suttar, Makgri (D`Agostino, 79), Atkinson, Uels (Uotts, 72), Janro (Bakkus, 89), Arzani (Tilio, 79), Dyuk, Metkalf.
Ogohlantirish: Dyuk (32), Ortega (45), Makgri (45), Atkinson (48), Metkalf (50), Janro (56), Gaych (63), Medina (67), Ponse (85), Suttar (86), Uotts (90).
Chetlatish: Ortega (45).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.