Tokio-2020. Bahodir Jalolov ertaga finalda jang qiladi

Tokio-2020. Bahodir Jalolov ertaga finalda jang qiladi
Super og‘ir vazn toifasida Bahodir Jalolov Tokio-2020 finaliga yo‘l olganidan xabaringiz bor. Hamyurtimizga oltin medal uchun kechadigan bahsda AQSH vakili Richard Torres raqiblik qiladi. Ushbu jang 8 avgust kuni, Toshkent vaqti bilan 11:15da start olishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, ushbu vazn toifasidagi amaldagi Olimpiada chempioni Toni Yoka hisoblanadi. Fransiyalik bokschi Riodagi finalda Buyuk Britaniya sharafini himoya qiluvchi Jozef Joys ustidan g‘alaba qozongandi. Jalolov esa, xuddi shu sportchiga chorak finalda mag‘lub bo‘lgan.

Shuni qayd etish kerakki, Bahodir Jalolovdan tashqari Tokio-2020da qatnashgan barcha sportchilarimiz ishtirokini yakunlagan. Ertaga O‘zbekiston bayroqdori terma jamoamiz safiga oltin medalni qo‘shib qo‘yishiga tilakdoshmiz.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.