Kamoliddin Murzoyev Messi gol urgan o‘yinni stadionda kuzatdi

Kamoliddin Murzoyev Messi gol urgan o‘yinni stadionda kuzatdi
Fransiya poytaxti Parij shahrida xalqaro futbolchilar uyushmasining bosh assambleyasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli tadbirda Kamoliddin Murzoyev boshchiligidagi O‘zbekiston futbolchilar uyushmasi ham ishtirok etdi.

Murzoyev Parijga qilgan safari chog‘ida fursatdan foydalanib PSJning o‘yinini ham stadionda kuzatdi.
Kamoliddin Murzoyev Messi gol urgan o‘yinni stadionda kuzatdi
Fransiya chempionatining 14-turida parijliklar o‘z maydonida “Nant” klubini qabul qildi va 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Messi gol urgan o‘yin bo‘yicha Kamoliddin Murzoyev taassurotlarini quyidagicha izohladi:

- O‘yin juda ajoyib o‘tdi. Muxlislar o‘ziga xos tarzda muhitni yaratdi va buni stadionda kuzatish yoqimli bo‘ldi. O‘yin tempi va yulduzlarning ijrolari ajoyib bo‘ldi. Bu uchrashuvga biz hamkorlarimiz bilan tashrif buyurdik, - dedi Murzoyev.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.